Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab 261 tup daraxt ko‘chati ekildi

Ish vaqtida yuz bergan baxtsiz hodisalar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlab 261 tup daraxt ko‘chati ekildi

AOKAda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda “Mehnatni muhofaza qilish" haftaligi yakunlari yuzasidan ma’lumot berildi:

🔝 Joriy yilning 28 aprel - 2 may kunlari Respublikamizda “Mehnatni muhofaza qilish haftaligi” o‘tkazildi.

📌 Haftalik doirasida:

🟢"Mehnat muhofazasining yangi bosqichi: ish joyida sun’iy intellekt va raqamlashtirishning roli" mavzusida 2 ta xalqaro konferensiya;

🟢160 ga yaqin korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha "ochiq eshiklar kuni";

🟢"Ish joylarida xavflarni minimallashtirish uchun innovasion texnologiyalarni joriy etish" mavzusida 150 dan ortiq seminarlar;

🟢160 ga yaqin korxona va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish vositalarining ko‘rgazmasi va 170 ga yaqin targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

🔝 Ushbu tadbirlarda sohaga aloqador 30 dan ortiq xalqaro ekspertlar, mahalliy mutaxassislar, ilmiy muassasalar olimlari, vazirlik va idoralarning mas’ullari, OAV vakillari hamda 83 588 nafar soha mutaxassislari, ish beruvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

🔝 Baxtsiz hodisalar tufayli halok bo‘lgan xodimlar yoki ularning oila a’zolariga 3,7 mlrd so‘mdan ortiq tovon pullarini undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalar kiritildi va undirib berildi.

Kiritildi: 15:06 02.05.2025. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!