Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi

Ish tashlash huquqi qonun bilan mustahkamlanadi

Qonunchilik palatasi deputatlari 9 sentyabr kuni Senatning «Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunchilik taklifini ko‘rib chiqdi.

Qayd qilinishicha, ushbu loyiha ish tashlash huquqini qonuniy tartibga solishni nazarda tutadi va milliy qonunchilikda bo‘shliqni to‘ldirish orqali fuqarolarning mehnat huquqlarini xalqaro standartlarga muvofiq holda to‘laqonli ta’minlashga xizmat qiladi.

Ta’kidlanishicha, qonun loyihasining maqsadi — milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) «Birlashmalar erkinligi va birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risida»gi va «Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to‘g‘risida»gi konvensiyalari talablariga muvofiqlashtirishdan iborat. Bu, o‘z navbatida, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda belgilangan me’yorlarni amalda ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi.

Qonun loyihasi 9 ta moddadan iborat bo‘lib, u bilan 2 ta qonun, 4 ta kodeksga qator muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Jumladan, Mehnat kodeksiga ish tashlashning aniq ta’rifi va tushunchalari, uni o‘tkazish tartib-taomillari, xodimlarga ish tashlash jarayonida beriladigan kafolatlar belgilanmoqda.

Shuningdek, ish tashlashning boshlanishini kechiktirish, to‘xtatib turish, tiklash va tugatish tartiblari hamda ish tashlashga oid cheklovlar aniqlashtirilmoqda.

Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro mehnat standartlariga to‘liq moslashtirish, ijtimoiy adolat, tenglik va demokratik boshqaruv prinsiplarini amalda mustahkamlashni nazarda tutadi.

Majlisda qonunchilik taklifi bo‘yicha qaror loyihasi qabul qilindi.

Kiritildi: 23:10 10.09.2025. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!