Iroqning Suleymaniya viloyatiga qarashli Surdash qishloq okrugida terrorchi tashkilot – Kurdiston ishchilar partiyasi (RQK) a’zolaridan iborat guruh qurol-yarog‘ini ochiq tarzda yo‘q qildi.
30 nafardan iborat guruh, shu jumladan 15 nafar ayol, g‘orlardan biridan qurol bilan chiqqan holda aholi to‘plangan joyga yo‘l oldi. Kuzatuvchilar ko‘z o‘ngida ular qurol-yarog‘ini katta changa olov yoqib, uning ichiga tashlab, yo‘q qildi.
Tadbirda Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) vakillari, Iroq Kurd mintaqaviy ma’muriyati xavfsizlik kuchlari, DEM partiyasi a’zolari, bir qator nodavlat tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.
Mazkur voqea mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, qurolsizlantirish jarayonida muhim qadam sifatida baholanmoqda.