Iroq shimolidagi g‘orda olib borilgan qidiruv-qutqaruv operasiyasi chog‘ida metan gazidan zaharlanib halok bo‘lgan turk askarlari soni 8 nafarga yetdi.
Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligining X ijtimoy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilingan.
“Ushbu voqeada halok bo‘lgan shahidlarning ruhlarini Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin, ularning oila a’zolari, Turk Qurolli kuchlari va xalqimizga hamdardlik bildiramiz”, — deyiladi nashr.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 28 may kuni ushbu mintaqada Kurdiston Ishchi partiyasi terrorchilari tomonidan ochilgan otishma natijasida turk askari Nuri Melih Bozkurt halok bo‘lgan edi. Kuchli otishma tufayli uning jasadini evakuasiya qilishning imkoni bo‘lmadi. 2025 yil 6 iyul kuni g‘orda askar qoldiqlarini topish va chiqarish bo‘yicha operasiya o‘tkazildi. Tadbir davomida 19 nafar askar metan gazidan zaharlangan. Natijada ulardan sakkiz nafari halok bo‘ldi.