Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Iroqda 1 oktyabrdan to‘liq suverenitet va qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish boshlanadi

Iroqda 1 oktyabrdan to‘liq suverenitet va qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish boshlanadi

1 oktyabrdan Iroqning to‘liq suvereniteti ta’minlanishi va mamlakatdagi qurol-yarog‘larni davlat nazoratiga o‘tkazish jarayoni boshlanadi. Bu haqda Iroq bosh vaziri Ali az-Zeydiy ma’lum qildi.

U AQSh boshchiligidagi xalqaro koalisiya kuchlarining mamlakatdan to‘liq chiqib ketishi munosabati bilan bayonot bergan.

Bosh vazir xalqaro koalisiyaning Iroqdagi missiyasi yakunlanishi hamda uning quruqlik, havo va dengiz orqali mamlakat hududidan to‘liq va yakuniy chiqib ketishini «katta milliy muvaffaqiyat» deb atadi.

Az-Zeydiyning ta’kidlashicha, Iroqning to‘liq suvereniteti ta’minlanganidan keyingi eng muhim vazifalardan biri davlat nazoratidan tashqarida bo‘lgan qurollarni davlat nazoratiga o‘tkazish masalasi bo‘lib qoladi.

Kiritildi: 18:43 01.10.2026. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!