Berlindagi Falastin tarafdorlari mitingi paytida polisiyachi tomonidan mushtlanib, qo‘li va burni singan irlandiyalik Kitti O’Brayen Germaniya namoyishchilarga nisbatan qilgan muomalasi uchun xalqaro qoralovga duch kelishi kerakligini bildirdi.
25 yoshli faolning aytishicha, 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan namoyishda polisiyachi yuziga ikki marta musht urgan, natijada burni va qo‘li singan, shuningdek, radial asabi shikastlangan. U bir hafta kasalxonada davolanishga majbur bo‘lgan.
O’Brayenning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki yil ichida nemis polisiyasi falastinparvar faollarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Falastindagi genosid davom etayotgani uchun” faollarning ovozini o‘chirishga urinishlar natija bermayapti.
Avvalroq, 28 avgust kuni Berlin polisiyasi G‘azoda halok bo‘lgan jurnalistlarni yodga olish uchun to‘plangan 200 ga yaqin namoyishchini tarqatib yuborgan, sakkiz kishi hibsga olingan edi. O’Brayenning mushtlanishi aks etgan tasvirlar esa jamoatchilikda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.