Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Irlandiya futbolchilari ovoz berish orqali Isroilga qarshi o‘ynashga qaror qildi

Irlandiya futbolchilari ovoz berish orqali Isroilga qarshi o‘ynashga qaror qildi

Irlandiya terma jamoasi yakshanba kuniga rejalashtirilgan Millatlar ligasidagi Isroilga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tishini tasdiqladi.

Avvalroq darvozabon Gevin Bazunu va jamoaning ayrim futbolchilari ushbu uchrashuvda ishtirok etishni istamayotgani xabar qilingan edi. Shu sabab o‘yinoldi matbuot anjumani ham belgilangan vaqtda boshlanmadi.

Matbuot anjumani boshlanishi kerak bo‘lgan vaqtdan 5 soat o‘tib, Irlandiya futbol assosiasiyasi direktori Devid Kurell terma jamoa futbolchilari o‘yinda ishtirok etishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Qaror futbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish natijasida ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan.

Kiritildi: 23:01 26.09.2026. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!