Joriy yil 4 dekabrda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida bir guruh fuqarolar va tashkilotlar hamda xalqaro tashkilotlar vakillari “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31 yilligi, Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining 75 yilligi va 10-dekabr — Xalqaro inson huquqlari kuni munosabati bilan e’lon qilingan “Inson huquqlari o‘n kunligi” doirasida o‘tkazildi.
Taqdirlash marosimida e’lon qilinishicha, 2023-yilda 5 ta nominasiya – “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlar”, “Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlardagi faoliyat”, “Inson huquqlari targ‘iboti”, “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlar”, shuningdek, “Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” yo‘nalishlarida qo‘shgan hissasi uchun 16 nafar nomzod “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga munosib deb topildi. Xususan:
I. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi amaliy ishlari uchun:
● Burxonov Kutbiddin Nukritdinovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi;
● Shirinov Djahongir Djabborovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi;
● Shlimbetov Jenisbay Qurbanbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha mintaqaviy vakili;
● Niyazmetova Gulrux Kuralovna – O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari;
II. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi nodavlat tashkilotlar faoliyati uchun:
● “Yuksalish” umummilliy harakati;
●“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti;
● O‘zbekiston Respublikasi Notarial palatasi;
III. Inson huquqlari targ‘iboti bo‘yicha faoliyati uchun:
● “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati;
● KUN.Uz sayti tahririyati;
● Remko Redding (Niderlandiyalik jurnalist) – tadqiqotchi, yozuvchi va jurnalist, sovet faxriylari jamg‘armasi direktori;
IV. Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va ilmiy tadqiqotlari uchun:
● O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi;
● Oqyulov Omonboy – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, professor;
● Bakayeva Farida Xadjmuratovna – Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi sobiq bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlar nomzodi;
V. Inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun:
● Martin Chungong – Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi;
● Janni Magazenni – BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi UPR bo‘limining sobiq boshlig‘i, UPR-Info Boshqaruvi a’zosi;
● Baxtiyor Rayisovich Tuzmuxamedov – BMT Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi rais o‘rinbosari, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini egalariga tantanali ravishda topshirdi.