Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ingliz grandi: "Real" yulduzini olmasak bo‘lmaydi

Ingliz grandi: "Real" yulduzini olmasak bo‘lmaydi

Londonning «Arsenal» jamoasi «Real» klubi vingeri Rodrigo Goesni o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirgan yagona klub hisoblanadi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta braziliyalik futbolchining o‘yinlarini puxta tahlil qilgan va uni jamoa uchun zarur transfer deb hisoblamoqda. Ispaniyalik mutaxassis Rodrigoda «Arsenal»ning hujumdagi chap qanotini mustahkamlaydigan super yulduz potensiali borligini ko‘rmoqda.

Habarda qayd etilishicha, «Real» bu transfer uchun 100 million yevro talab qiladi.

Rodrigo joriy mavsumda barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli pas bilan ajralgan. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor bahosi — 90 million yevro.

Kiritildi: 10:38 12.06.2025. O'qildi: 672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!