Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov elchi Siti Ruhaini Juhayatindan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.
Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz, — deb yozadi TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida.