Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida parom halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 78 kishiga yetdi

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida parom halokati oqibatida halok bo‘lganlar soni 78 kishiga yetdi

Indoneziya qirg‘oqlari yaqinidagi Yava dengizida yo‘lovchi kemasining cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 78 kishiga yetdi.

Bu haqda mamlakat Milliy qidiruv-qutqaruv agentligi xabar bermoqda.

Qutqaruv guruhlari bedarak yo‘qolgan 57 kishini qidirmoqda, yana 108 kishi esa xavfsiz tarzda evakuasiya qilindi.

243 yo‘lovchini olib ketayotgan Virgo Transport 8 kemasi 12 sentyabr kuni Sharqiy Yavadagi Surabayadan Janubiy Kalimantandagi Banjarmasinga yo‘l oldi. Kema bilan aloqa 13 sentyabr kuni yomon ob-havo tufayli uzildi.

Qutqaruvchilar kema vayronalari ostidan va Markaziy Kalimantan provinsiyasi qirg‘oqlari bo‘ylab jasadlarni topdilar.

Kiritildi: 08:00 01.10.2026. O'qildi: 482 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!