Indoneziya prezidenti Prabovo Subianto JCH-2026 saralash bosqichi doirasida Xitoy ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng terma jamoaning barcha futbolchilariga Rolex GMT-Master II soatini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda Beritasatu.
Manbaga ko‘ra, bunday soat taxminan 193 million indoneziya rupiyasi (taxminan 160 million so‘m) turadi.
Indoneziya terma jamoasi JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi "C" guruhida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular pley-off bosqichiga yo‘l olishga yaqin turibdi.