Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va kredit olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va kredit olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.P.” va “G.B.” MCHJlarning rahbari M.I. tomchilatib sug‘orish texnologiyasini o‘rnatish uchun ajratilgan 962,5 mln so‘m imtiyozli kredit evaziga ta’minotchi korxona sifatida fermer xo‘jaliklariga uskunalarni yetkazib bermasdan kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki filiali sobiq bosh menejeri D.N. 3 ta ta’minotchi korxona mas’ul shaxslari bilan o‘zaro til biriktirib, 6 nafar fuqaroga issiqxona faoliyatini rivojlantirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit evaziga mahsulotlarni yetkazib bermasdan, 180 mln so‘m kredit mablag‘larni naqdlashtirib olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar SH.Z. va G.I. fuqaro Z.D.ning ishonchiga kirib, uning singlisi nomiga go‘yoki bir yil davomida YATT faoliyati bilan shug‘ullanib kelganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirib, tikuvchilik yo‘nalishida 100 mln so‘m imtiyozli kredit ajratib berishlari evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:43 16.07.2024. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!