Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Imron Xonning tarafdorlari poytaxt tomon yurish boshladi

A A A
Imron Xonning tarafdorlari poytaxt tomon yurish boshladi

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xonning tarafdorlari uning ozod etilishini talab qilib, poytaxt tomon yurish boshladi.

Yo‘llarning to‘sib qo‘yilgani va polisiya tomonidan ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llanishiga qaramay, minglab odamlar Imron Xonning ozod etilishini talab qilib, Islomobod tomon yurish qildi. Polisiya bilan to‘qnashuvlarda bir ofiser halok bo‘ldi, to‘qqiz nafari og‘ir yaralandi.

Imron Xon joriy yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan ovozlarni soxtalashtirishda ayblanib, chetlashtirilgan edi. Hozirda siyosiy sabablarga ko‘ra Xonga qarshi ko‘plab sud harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:22 26.11.2024. O'qildi: 1467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!