Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon salomatligi yomonlashgani sababli qamoqdan ozod etilishini talab qilmoqda — Bloomberg.
Imron Xon qamoqda ko‘rish qobiliyati keskin yomonlashganini ma’lum qildi va Islomobod Oliy sudiga ozodlikka chiqarish bo‘yicha ariza topshirdi.
Sobiq bosh vazirning advokatlari Xon tromb sababli o‘ng ko‘zida ko‘rish qobiliyatini deyarli to‘liq yo‘qotganini aytmoqda.
Shuningdek, arizaba 2025 yil dekabr oyida chiqarilgan hukmni to‘xtatib turish ham so‘ralgan. Ushbu hukmga ko‘ra, Imron Xon davlat aktivlari qiymatini sun’iy ravishda pasaytirganlikda aybdor deb topilib, 17 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.