Bugun 24 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Iman Xelif faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni rad etdi

Iman Xelif faoliyatini yakunlagani haqidagi xabarlarni rad etdi

Parij Olimpiadasi chempioni, jazoirlik bokschi Iman Xelif sport faoliyatini to‘xtatgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"Avvalo, jamoatchilikka shuni aniq aytib qo‘ymoqchiman: boksdan ketganim haqidagi xabarlar haqiqat emas. Bu gaplar menga aloqador bo‘lmagan inson tomonidan aytildi va u mamlakatni aldadi.

Men sportdan ketganimni e’lon qilmaganman va o‘z faoliyatimga sodiq qolganman. Doimiy ravishda mashg‘ulot o‘tkazaman, sport formamni saqlayman va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘ryapman.

Bu mish-mishlar faqat sport faoliyatimga to‘sqinlik qilish uchun tarqatilmoqda. Men har doim sportga va Vatanim — Jazoirga sodiq qolaman. Bu yolg‘on menga yurtim sharafini himoya qilishimga va bayrog‘imizni baland tutishga to‘sqinlik qila olmaydi", — deb yozdi Xelif ijtimoiy tarmoqlarda.

Kiritildi: 09:31 23.08.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!