Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

«Iltimos, kutilmagan qarorlar bo‘lmasin»

«Iltimos, kutilmagan qarorlar bo‘lmasin»

«Iltimos, kutilmagan qarorlar bo‘lmasin» — Mers Trampni Si va Putin bilan uchrashuvi oldidan Yevropa tomonida turishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lajak uchrashuvi haqida ma’lum qildi. Germaniya kansleri Fridrix Mers bu xabarga zudlik bilan munosabat bildirib, Trampga murojaat qildi.

Uchrashuv kelasi hafta Xitoyning Shenchjen shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (ATES) sammiti doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu Tramp, Si Szinpin va Putin o‘rtasidagi ilk uch tomonlama uchrashuv bo‘ladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uchrashuvda yadroviy qurolsizlanish masalasi muhokama qilinishi kutilmoqda.

«U butun dunyo bo‘ylab yadroviy qurollarni qisqartirish masalasini muhokama qiladi. Prezident Tramp ularning tarqalishini juda xavfli deb hisoblaydi», — dedi Oq uy vakili.

OAV xabarlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining yuqori lavozimli vakili sammitda AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi masalasi ham ko‘tarilishini bildirgan. Ukrainadagi urush esa, ehtimol, muhokama mavzusi bo‘lmaydi.

Biroq Yevropa siyosatchilari bunga shubha bilan qaramoqda. Ular Tramp, Si va Putin ushbu uchrashuvdan foydalanib, Ukrainadagi urush bo‘yicha o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda kelishuvlarga erishishidan xavotirda.

Shu sababli Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSh prezidentini Ukraina va Yevropa tomonida qolishga chaqirdi.

«Iltimos, hech qanday kutilmagan qarorlar bo‘lmasin. Yevropa jamoasi va Ukraina bilan bir safda qoling hamda Ukrainada haqiqiy tinchlik o‘rnatish uchun birgalikda harakat qilaylik!» — dedi Mers.

Kansler bu bayonotni 13 noyabr kuni Dublinda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari uchrashuvi chog‘ida bildirdi.

Mersning so‘zlariga ko‘ra, sammitda ayrim siyosatchilar Tramp va Putinning Xitoydagi uchrashuvi «Ankoridjdagi voqealarning ikkinchi takroriga» aylanishidan xavotir bildirmoqda.

Kiritildi: 20:40 15.11.2026. O'qildi: 729 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik