Bugun 22 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ilon Maskning Tesla komnapiyasi Hindiston bozorini egallash uchun yangi "Model YL" ni taqdim etdi

Ilon Maskning Tesla komnapiyasi Hindiston bozorini egallash uchun yangi "Model YL" ni taqdim etdi

​Tesla dunyodagi uchinchi yirik avtomobil bozori bo‘lgan Hindistonda sotuvlar pastligi sababli "Model Y" ning olti o‘rindiqli versiyasini taqdim etdi. Sentyabr oyidan beri kompaniya bu yerda bor-yo‘g‘i 350 ta mashina sotgan va "BYD" hamda "Mercedes-Benz" kabi raqobatchilardan ancha orqada qolmoqda. Bunga asosiy sabab — Ilon Mask doim tanqid qiladigan 100 foizlik import boji bo‘lib, u Tesla mashinalarini Hindistonda boshqa bozorlarga qaraganda ancha qimmat qilib yuborgan.

​Yangi "Model YL" ning narxi taxminan 66 000 dollar bo‘lib, u bir quvvatda 681 km yo‘l bosadi. Hindistonlik oilalar kattaroq va premium avtomobillarni afzal ko‘rayotgani sababli, Tesla ushbu uch qatorli model orqali "Toyota" va "Suzuki" hukmronlik qilayotgan segmentdan joy olmoqchi. Shunga qaramay, Hindiston hukumati import bojlarini tushirishdan bosh tortib, kompaniyadan mahalliy ishlab chiqarishni talab qilmoqda, Tesla esa hozircha faqat Xitoyda yig‘ilgan mashinalarni olib kelish bilan cheklanyapti.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!