Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Ilon Mask: "USAID — jinoiy tashkilot, ilonlar uyasi"

Ilon Mask: "USAID — jinoiy tashkilot, ilonlar uyasi"

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligini (USAID) tugatilishi kerak bo‘lgan jinoiy tashkilot deb atadi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan, deya xabar bermoqda lenta.ru.

“USAID jinoiy tashkilotdir. Uning "o‘lish" vaqti keldi", deb yozadi milliarder. Alohida postida u agentlikni «Amerikadan nafratlanadigan radikal chap qanot marksist ilonlarining uyasi» deb atadi.

Avvalroq Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Irina Vereshchuk Kiyevni USAID tomonidan moliyalashtirishni to‘xtatib qo‘ygani Ukraina rasmiylari uchun kutilmagan hodisa bo‘lganini aytgandi. Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin kelajakda Ukraina Amerika ittifoqchilari bilan moliyalashtirishni tiklash bo‘yicha jiddiy muzokaralarni boshlaydi.

Kiritildi: 00:33 03.02.2025. O'qildi: 1279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!