14 oktyabr tongida ukrain harbiylari SpaceX kompaniyasi Ukraina qurolli kuchlari frontda foydalanib kelayotgan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi terminallari faoliyatini cheklayotgani haqida xabar bera boshladi. Cheklovlar Starlink’ning Starshield deb nomlangan harbiy versiyasiga ta’sir qilmoqda, bu esa sun’iy yo‘ldosh aloqasidan foydalanadigan dronlar tezligiga ta’sir qiladi.
Starshield tezroq ishlaydi va uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari uchun o‘ta zarur hisoblanadi. Dronlarga o‘rnatiladigan oddiy Starlink soatiga 160 kilometrgacha tezlikda ishlaydi, ammo u ba’zi vazifalarni bajarish uchun yetarli emas, deb tushuntiradi “Ukrainskaya pravda”ning Ukraina qurolli kuchlaridagi suhbatdoshi. Komandirlardan biri nashrga havoga ko‘tarilgan ikkita dron aloqani yo‘qotgani va missiyani davom ettira olmayotgani aks etgan videorolikni yuborgan.
"Mudofaa kuchlarimiz bunday cheklovlar haqida ogohlantirilmagan va bu bir qator missiyalar barbod bo‘lishiga olib kelgan. Ko‘rinib turibdiki, bu harakat tasodif bo‘lishi mumkin emas va hozirgi siyosiy vaziyat bilan bog‘liq", – dedi Ukraina prezidenti maslahatchisi Sergey Beskrestnov.
SpaceX kompaniyasi vakillari va Ilon Mask hozircha ukrainalik harbiylarining so‘zlariga munosabat bildirmadi.