Ilon Mask Donald Trampning shiorini o‘zgartirib, Yevropani "yana buyuk qilish"ga chaqirdi.
Amerikalik milliarder X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida MAGA (Make America Great Again) yonida MEGA (Make Europe Great Again) yozuvini yozdi.
Tramp ma’muriyatida rasmiy lavozimga ega bo‘lishi kutilayotgan Mask co‘nggi vaqtlarda Yevropaning bir qator davlatlarida hukumatni o‘zgartirishga chaqirmoqda.
Jumladan, u Germaniyadagi “Germaniya uchun muqobil” partiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda va Germaniya hukumatini tanqid tanqid qilmoqda. Bundan tashqari, Ilon Mask Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmerga qarshi keskin bayonotlar ham bergan.