Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ilon Mask AQShdagi oraliq saylovlar oldidan respublikachilarga 276 million dollar xayriya qildi

Ilon Mask AQShdagi oraliq saylovlar oldidan respublikachilarga 276 million dollar xayriya qildi

Amerikalik milliarder Ilon Mask 2026 yil noyabrida bo‘lib o‘tadigan Kongressga oraliq saylovlar oldidan respublikachi nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun kamida 276 million dollar xayriya qildi. Bu haqda « The New York Times» gazetasi xabar berdi. Mask vakili ham ushbu raqamlarni tasdiqlagan.

Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, hisob-kitoblar 2026 yil iyulidan buyon amalga oshirilgan siyosiy xayriyalarni qamrab oladi. Ushbu mablag‘lar Maskni joriy oraliq saylovlar davridagi eng yirik ma’lum donorlardan biriga aylantirgan.

Xabarda aytilishicha, xayriyalarning katta qismi Mask yashaydigan va uning kompaniyalari zavodlari hamda bosh qarorgohlari joylashgan Texas shtatida saylovchilarni faollashtirishga yo‘naltirilgan.

Mask 2024 yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun 290 million dollar sarflagan. 2025 yilda Tramp bilan kelishmovchilikka borgan paytida u siyosiy xayriyalarni kamaytirishini bildirgan. Keyinchalik ikkisi munosabatlarini tiklagan.

« The New York Times» ma’lumotlariga ko‘ra, yangi xayriyalar Maskning respublikachilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini ko‘rsatadi.

Kiritildi: 17:53 13.10.2026. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!