Bu haqda u Fox News efirida ma’lum qildi.
Bu maqsadga isrofgarchilik va firibgarlikni yo‘q qilish orqali erishish mumkin, deya qo‘shimcha qildi Mask.
Uning so‘zlariga ko‘ra, departament hali ham ortiqcha xarajatlarni aniqlamoqda. Masalan, milliy bog‘ haqida internet-so‘rov o‘tkazish uchun qariyb $1 mlrd sarflangan.
Aslida bu ishni $10 mingga bitirish mumkin edi. Undan tashqari, yig‘ilgan ma’lumotlar keyinchalik hech qayerda ishlatilmagan ham, dedi tadbirkor.