Engil vazn toifasida UFC chempionligi kamariga ega, hali mag‘lubiyat nima ekanligini bilmagan 28 yoshli ispan-gruzin jangchi Iliya Topuriya o‘zining navbatdagi potensial raqibi haqida fikr bildirdi.
Unga ko‘ra, agar avstraliyalik Jek Della Maddalena rossiyalik Islom Maxachevni mag‘lub etsa, u bilan jang qilishga tayyor ekan:
Tasavvur qiling, agar Jek Islomni yengsa, unda men Maddalena bilan jang qilgan bo‘lardim, — deya Topuriya so‘zlarini keltiradi Full Send MMA nashri.