Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Putin Ukrainadan faqat hudud emas, butun mamlakatni istaydi, deb hisoblaydi

Tramp Putin Ukrainadan faqat hudud emas, butun mamlakatni istaydi, deb hisoblaydi

Bu haqda Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Donald Tramp Putin Ukrainadan biror qismini emas, balki butun davlatni qo‘lga kiritishni ko‘zlayotganiga ishonadi. Uayls Trampni o‘zini hech narsa bilan cheklamaydigan, istagan narsasiga erishishga ishonadigan shaxs sifatida tasvirlagan.

Aytilishicha, Tramp Kapitoliy shturmida ishtirok etgan eng keskin ishtirokchilarni afv etmaslik haqidagi maslahatlarni inobatga olmagan. Shuningdek, siyosiy raqiblaridan qasos olish imkoniyati paydo bo‘lsa, undan foydalanishdan tortinmasligi ta’kidlangan.

Uayls Trampni “alkogolik shaxsiyat”ga ega — keskin, impulsiv va doimiy nizolarga moyil inson sifatida ta’riflagan. Uning fikricha, Jey Di Vens Trampni g‘oyaviy sabablarga ko‘ra emas, balki siyosiy karyerasi uchun qo‘llab-quvvatlagan. Vens, shuningdek, fitna nazariyalari tarafdori sifatida tilga olingan.

Ilon Mask haqida esa Uayls uni g‘alati va irrasional inson, ketamin moddasini faol iste’mol qiluvchi deb atagan. Uning aytishicha, milliarder shov-shuvli tvitlar qoldirayotgan paytlarda “mikrodoza” qabul qiladi.

Shu bilan birga, Uayls USAID’ni himoya qilgan va Epshteynga oid hujjatlarni o‘qiganini tasdiqlab, ularda Tramp ismi haqiqatdan ham uchrashini aytgan.

Biroq intervyu e’lon qilinganidan so‘ng, Syuzi Uayls jurnal uning so‘zlarini kontekstdan uzib olgani va ma’muriyat faoliyatini ataylab salbiy tusda ko‘rsatganini bildirgan.

Ma’lumot uchun, 68 yoshli Syuzi Uayls Trampning 2024 yilgi saylov kampaniyasida asosiy shaxslardan biri bo‘lgan va Oq uy apparati rahbari lavozimini egallagan ilk ayol hisoblanadi. Jurnalist unga taxminan bir yil davomida murojaat qilgan.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 634 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!