Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukraina bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini oshkor qildi.
Mers bu haqda ZDF telekanalida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar haqiqatdan ham Ukraina sharqida “demilitarizasiya qilingan hudud” yaratish masalasini muhokama qilmoqda.
“Hozirda AQSH, Rossiya, Ukraina va Yevropa ham qurolsizlantirilgan hudud masalasini muhokama qilmoqda”, dedi Mers.
Siyosatchi bunday zonani yaratishni qo‘llab-quvvatladi, chunki bu “nizolashayotgan tomonlarni ajratish” imkonini beradi. Shuningdek, u “demilitarizasiya qilingan hudud”ni yaratish “maxsus iqtisodiy zona”ni joriy etishni anglatmasligini ta’kidladi. "Qayta aytaman, bularning barchasi kelajak uchun rejalar. Biz hali bu nuqtaga yetganimiz yo‘q", deb tushuntirdi Mers.