Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga kiberhujumlar uyushtirilmoqda

Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga kiberhujumlar uyushtirilmoqda


Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga nisbatan kiberhujumlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tegishli idoralar tomonidan kiberhujumlarning oldini olish va ularni tekshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Hozircha hujumlarning manbasi, tashkilotchilari va qaysi ijtimoiy tarmoq akkauntlari nishonga olingani haqida ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: Bugun 07:36. O'qildi: 333 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik