Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Ikkinchi qizini ham nikohsiz dunyoga keltirgan taniqli aktrisa tanqid ostida qoldi

Ikkinchi qizini ham nikohsiz dunyoga keltirgan taniqli aktrisa tanqid ostida qoldi

Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerli ("Muhtasham 100 yil" serialidagi Xurram) ikkinchi qizini dunyoga keltirgandan keyin turkiyalik muxlislar tom ma’noda unga qarshi "qurol olishdi". Bu haqda 13 yanvar, chorshanba kuni Geje axborot nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Maryamning mikroblogida turk ayollarining yuzlab izohlari paydo bo‘ldi, ular noqonuniy bolalarga qarshi chiqishdi va aktrisaga munosabatlarni darhol rasmiylashtirishni maslahat berishdi.

"Bu me’yorga zid", "Bolalar nikohda tug‘ilishi kerak", deb yozgan tarmoq foydalanuvchilari.

Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday reaksiya faqat turkiyalik obunachilar tomonidan kuzatilgan, yulduzning qolgan muxlislari uni qizi tug‘ilishi bilan tabriklashgan.

Eslatib o‘tamiz, Uzerlining birinchi qizi ham nikohsiz tug‘ilgan va bu ba’zi muxlislarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Maryam intervyularidan birida ikkinchi qizining otasiga yozda, koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin turmushga chiqishini ta’kidlagandi.

Kiritildi: 16:08 14.01.2021. O'qildi: 11354 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!