2025 yilning avgust oyidan buyon Ukrainadan Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga 23 yoshgacha bo‘lgan 400 mingga yaqin erkak chiqib ketgan.
Bu haqda Yevropa statistika ma’lumotlariga tayanib, ijtimoiy siyosat vaziri Denis Ulyutin ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «STRANA.ua».
Shu bilan birga, vazir o‘z idorasi bunday ma’lumotlarni yuritmasligini, demak, ushbu axborot rasman tasdiqlanmaganini alohida ta’kidlab o‘tgan.