Qaror bilan “Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga individual reja ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
⏳ Nizomga ko‘ra, Individual rejani ishlab chiqish mazkur oila “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
📝 Oila Reestrga kiritilgandan so‘ng 3 ish kuni ichida oila yashaydigan mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali, ijtimoiy xodim tomonidan axborot moduli orqali individual reja ishlab chiqiladi.
☑️ Individual reja oilaning imkoniyatlari, ko‘nikmalari, qiziqishlari, fikri, yashash sharoiti hamda Reestrga kiritish to‘g‘risidagi arizasida ko‘rsatilgan xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari inobatga olingan holda ishlab chiqiladi.
🏛 Individual rejada oilaga taqdim etiladigan qonunchilik hujjatlarida belgilangan xizmatlar, ularni taqdim etish tartibi, muddati va ularga mas’ul davlat organi ko‘rsatiladi.
📑 Individual rejada xizmatlar shakllantirilgandan so‘ng u oilaning muomalaga layoqatli a’zosiga tanishtiriladi.
✅ “Mahalla yettiligi” tomonidan individual reja 2 ish kunida ko‘rib chiqilib, oddiy ko‘pchilikning ovoziga asosan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
▫️ individual rejani tasdiqlash to‘g‘risida;
▫️ individual rejani hokim yordamchisi va/yoki ijtimoiy xodimga qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarish to‘g‘risida.
📁 Individual rejalarning ijrosi hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan har 3 oyda kamida 1 marta o‘rganib boriladi.