Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, 2026 yil boshidan buyon Rossiyaning eng boy biznesmenlarining umumiy boyligi qariyb 19,4 mlrd dollarga oshib, 318,48 mlrd dollarga (taxminan 288,5 mlrd yevro) yetdi.
Reyting dunyoning eng boy 500 nafar odamini o‘z ichiga oladi va milliarderlarga tegishli kompaniyalar aksiyalari qiymati asosida hisoblanadi.
Bloomberg reytingiga ko‘ra, Rossiyaning eng boy beshligi quyidagilar:
— Vladimir Potanin (“Nornikel”) — 29,9 mlrd dollar;
— Aleksey Mordashev (“Severstal”) — 27,5 mlrd dollar;
— Leonid Mikhelson (NOVATEK) — 25,6 mlrd dollar;
— Vladimir Lisin (NLMK) — 24,4 mlrd dollar;
— Vagit Alekperov (LUKOYL) — 24,1 mlrd dollar.
Top-20 ro‘yxatiga shuningdek Andrey Melnichenko, Alisher Usmonov, Mixail Proxorov va Gennadiy Timchenko kirgan. O‘ninchi o‘rinni Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov egalagan. Uning boyligi 13,6 mlrd dollarni tashkil etadi.
Shuningdek, Wildberries marketpleysi asoschisi Tatyana Kim 19-o‘rinni egallagan va Bloomberg uning boyligini 8,78 mlrd dollar deb baholagan. Kim Rossiyaning eng boy 20 nafar fuqarosi orasidagi yagona ayol hisoblanadi.