Senat IIO va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ortishi munosabati bilan jarimalarni oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
🔸 Endi bunday huquqbuzarlik uchun jarima BHM 5–12 baravari etib belgilanadi (amalda 1 baravar).
🔸 Agar qonunbuzarlik takrorlansa — BHM 12–30 baravari yoki 15 sutkagacha qamoq jazosi berilishi mumkin.
2023 yilda bunday holatlar soni 88,988 tani tashkil etgan.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.