Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

II kompaniyalari rahbarlari BMT Xavfsizlik kengashida texnologiyani nazorat qilishga chaqirdi

II kompaniyalari rahbarlari BMT Xavfsizlik kengashida texnologiyani nazorat qilishga chaqirdi

Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashining yig‘ilishida sun’iy intellekt sohasidagi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Ular sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgani va tegishli nazorat choralari ko‘rilmasa, texnologiya insonlar uchun xavf tug‘dirishi mumkinligini ta’kidladi.

OpenAI bosh direktori Sem Altmanning aytishicha, sun’iy intellekt tizimlari davlat va jamiyat institutlaridan tezroq rivojlanishi yoki katta hokimiyat juda tor doiradagi shaxslar qo‘lida to‘planishi mumkin.

«Hozir nihoyatda ehtiyotkorlik talab etiladi. Texnologiyaning foydasi katta bo‘lgani uchun sanoat ortiqcha texnologik xavflarni o‘z zimmasiga olmasligi kerak», — dedi Altman.

Hugging Face bosh direktori Kleman Delang esa ochiq kodli sun’iy intellektning ahamiyatini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyasi OpenAI avtonom dasturi amalga oshirgan kiberhujumdan himoyalanishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan.

Anthropic bosh direktori Dario Amodei esa kompaniya sun’iy intellektni rivojlantirish sur’atlarini zarur darajada sekinlashtirishga tayyorligini bildirdi.

«Har bir yangi sun’iy intellekt texnologiyasi haqiqatan ham xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilishimiz kerak. Noto‘g‘ri boshqarilsa, II butun insoniyat uchun tahdid bo‘lishi mumkin», — dedi Amodei.

Yig‘ilishda sun’iy intellektning xavfsizligi, uni rivojlantirish ustidan nazorat va texnologiyaning jamiyatga ta’siri asosiy mavzulardan bo‘ldi.

Kiritildi: Bugun 07:37. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!