Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Igor Sergeevning keyingi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

Igor Sergeevning keyingi jamoasi nomi ma’lum bo‘ldi

Igor Sergeev "Paxtakor"ni tark etyapti.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullayev o‘zining Telegram kanalida shu mavzuda navbatdagi insayd bilan bo‘lishdi. Uning yozishicha, Sergeev katta ehtimol bilan Eronning "Sepaxon" klubiga o‘tadi.

"Sepaxon" ayni damda 14 ta o‘yinda 30 ochko to‘plab, liga peshqadami bo‘lib turibdi.

Sergeev joriy mavsum "sherlar" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Kiritildi: 18:47 24.12.2025. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik