Xans-Diter Flik "Barselona" bilan yangi mehnat shartnomasini 2027 yilgacha imzolaydi. Bu haqda "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.
"Biz Flik bilan kelishuvga erishdik. Shartnoma 2027 yilgacha uzaytiriladi. Kelishuv hali rasmiylashtirilmagan, ammo Xans har doim o‘z so‘zida turadi", - deydi "Barselona" prezidenti.
Kataloniya grandi va Flik o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2026 yilning yozida tugaydi.