Bugun 22 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ichan-qal’a majmuasi jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi

Ichan-qal’a majmuasi jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantiriladi

Turizm qo‘mitasi faoliyati tashkil etiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–348-son, 19.11.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, 2030 yilgacha turizm sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

🔹 turizm sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini amaldagi 3,5 foizdan 7 foizgacha yetkazish;

🔹 chet ellik turistlarning yillik sonini amaldagi 10 mlndan 20 mlngacha yetkazish.

🏛 O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi turizm sohasini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiruvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.

📝 2026–2028 yillarda quyidagi loyiha va chora-tadbirlar amalga oshiriladi:

🔸 Samarqand shahridagi eng muhim tarixiy ob’ektlarni bog‘lovchi 6,6 km uzunlikdagi turistik marshrutni tashkil etish bo‘yicha “Samarqandning meros yo‘li” loyihasi;

🔸 Xiva shahridagi Ichan-qal’a majmuasini jahonda yagona bo‘lgan immersiv va “aqlli” muzey-shaharga aylantirish.

Kiritildi: 19:50 21.11.2025. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!