"Ansor Alloh" harakatidan yamanlik hutiylar Isroilning "Ben Gurion" aeroportiga hujum qildi. Harakat harbiy voizi Yahyo Sariya hujumda gipertovushli raketadan foydalanilganini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, Tel-Aviv aeroportiga hujumda "Palastin-2" gipertovushli ballistik raketasi ishlatilgan.
"Operasiya muvaffaqiyatli o‘tdi va isroilliklarning olomonni yashirinishga va aeroport faoliyatini to‘xtatishga majbur qildi", — deyiladi harakatning Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum Isroil tomonidan G‘azoda amalga oshirilgan genosid va ocharchilikka javob bo‘lgan.
Avvalroq hutiylarning uchuvchisiz uchoqlari Isroildagi uchta nishonga, jumladan "Ben Gurion" aeroportiga zarba bergan edi.