Yakshanba, 11 oktyabr kuni kechqurun Ar-Riyod xalqaro aeroportiga qilingan yangi hujum oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 11 kishi yaralandi.
Bu haqda Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi xabar berdi.
"Saudiya Arabistoni Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi yakshanba kuni Ar-Riyodning Qirol Xolid xalqaro ayeroportiga qilingan hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan va 11 kishi yaralanganini ma’lum qildi", deyiladi bayonotda.
Yangi hujum kuchli zarbadan deyarli 24 soat o‘tgach sodir bo‘ldi. Marhum qirollikda yashovchi Pokiston fuqarosi edi. Yetkazilgan zarar miqdori tekshirilmoqda.