Harakatning ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistoni Qirollik Harbiy-havo kuchlariga qarashli F-15 qiruvchi samolyotlari Yaman janubi-g‘arbidagi Taiz viloyatining Maviya tumanidagi bozorga ikkita havo zarbasi bergan. Husiylar nazorati ostidagi Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar natijasida yetti kishi halok bo‘lgan, yana 40 kishi yaralangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.
Husiylar Saudiya Arabistonini tinch aholiga qarshi jinoyatda aybladi. Shuningdek, Sari Maviya bozoridagi qon to‘kilishi Saudiya Arabistoni uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi.
Bundan tashqari, husiylar Saudiya Arabistoni Al-Jauf viloyatidagi to‘rtta ob’ektga hujum qilganini da’vo qilmoqda. Ular ushbu operasiya natijasida halok bo‘lganlar yoki jarohatlanganlar haqida ma’lumot berishmadi.
Keyinroq Yamanning xalqaro tan olingan hukumati uning kuchlari xuddi shu Maviya chorrahasida husiylarning harbiy lageri va transport vositalariga zarba berganini ma’lum qildi.