“Ansor Alloh” (xusiylar) isyonchi harakati xavfsizlik kuchlari Yaman poytaxti Sana shahrida BMT Jahon oziq-ovqat dasturi xodimini hibsga oldi.
Bu haqda Agence France-Presse (AFP) gumanitar tashkilot bayonotiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilganidek, “mahalliy xavfsizlik kuchlari BMT Jahon oziq-ovqat dasturining Sanadagi ofislarida tintuv o‘tkazdi” va “xodimlardan birini qo‘lga oldi”. BMT agentligi vakillari ham Yamanning boshqa hududlarida hamkasblarining hibsga olingani haqida ma’lumot oldi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi xodimining hibsga olinishi “Ansor Alloh” yetakchisi Abdel Malik al-Xutiyning murojaati efirga uzatilishi chog‘ida Isroil hutiylar nazoratidagi Sanadagi nishonlarga zarba berganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.