«Manchester Siti» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi uchun o‘zining rasmiy ro‘yxatini taqdim etdi. Abduqodir Husanov qaydnomadan o‘rin oldi.
Tarkibga quyidagi futbolchilar kiritilgan:
Rayan Ayt-Nuri, Natan Ake, Markus Bettinelli, Oskar Bobb, Rayan Sherki, Ruben Diash, Jeremi Doku, Janluiji Donnarumma, Fil Foden, Niko, Yoshko Gvardiol, Erling Xoland, Rodri, Abduqodir Husanov, Mateo Kovachich, Omar Marmush, Mateus Nunyes, Stefan Ortega Moreno, Tidjani Reynders, Savinyo, Bernardu Silva, Jon Stounz va Jeyms Trafford.
Umumiy bosqichda «Manchester Siti» quyidagi raqiblarga qarshi maydonga tushadi: «Napoli», «Monako», «Vilyarreal», «Borussiya» Dortmund, «Bayer», «Real», «Bude-Glimt» va «Galatasaroy».