Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida bir sutka ichida ikkita kema cho‘kib ketdi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida bir sutka ichida ikkita kema cho‘kib ketdi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida so‘nggi bir sutka ichida snaryadlar kelib tegishi oqibatida konteyner tashuvchi kema va quruq yuk tashuvchi kema cho‘kib ketdi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Singapur bayrog‘i ostida suzuvchi GFS Pride konteyner kemasi bo‘g‘ozdan o‘tayotgan vaqtda shikastlangan va yong‘in kelib chiqqan. Keyinchalik kema cho‘kib ketgan.

Singapur Dengiz va port ma’muriyati ma’lumotiga ko‘ra, kemadagi 21 nafar ekipaj a’zosining barchasi evakuasiya qilingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Shuningdek, Antigua va Barbuda bayrog‘i ostidagi Cape Dao quruq yuk tashuvchi kemasi ham Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida cho‘kib ketgan.

Mazkur kemaga hujum 23 sentyabr kuni amalga oshirilgan edi. O‘shanda ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘lgan, qolganlar esa hujumdan so‘ng darhol evakuasiya qilingan.

Reuters ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi o‘n kun davomida Ho‘rmuz bo‘g‘ozi atrofida kemalarga hujumlar soni oshgan.

Kiritildi: 23:24 14.10.2026. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!