Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Huquqiy uslubiy qo‘llanmalar bilan lex.uz saytida tanishib boring

Huquqiy uslubiy qo‘llanmalar bilan lex.uz saytida tanishib boring

Adliya vazirligi tomonidan yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish maqsadida turli sohalarda uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish hamda ularni lex.uz saytiga joylashtirib borish yo‘lga qo‘yildi.

Uslubiy qo‘llanmalar tegishli sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat organlari, fuqaro va tadbirkorlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularda sohani tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga xavolalar hamda zarur hujjatlarning namunalari ham keltirilgan.

Bugungi kunda lex.uz saytiga quyidagi uslubiy qo‘llanmalar joylashtirilgan:

1️⃣ “Fermer xo‘jaligi boshlig‘ini o‘zgartirish va rasmiylashtirish tartibi”;

2️⃣ “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkaciga bo‘lgan huquqni bekor qilish va yer uchastkacini hokimlik nomiga davlat mulki sifatida ro‘yxatidan o‘tkazish;

3️⃣ “Kichik quvvatdagi qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalanish”;

4️⃣ Mahalliy kengashlar deputatlari uchun amaliy qo‘llanma;

5️⃣ “Mediasavodxonlik va Fake News: huquq va mas’uliyat chegarasi”;

6️⃣ “Islohotlar davrida ommaviy axborot vositalari: axborot transformasiyasi va kasb etikasi muammolari”.

7️⃣ "Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini ajratish va qurish jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma".

Mazkur uslubiy qo‘llanmalarning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://lex.uz/qollanma

Kiritildi: 18:11 08.09.2023. O'qildi: 1439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!