G‘arbning savdo mojarolari Xitoyga qo‘l kelmoqda.
Evropa Ittifoqi tashqi siyosat idorasi rahbari Kaya Kallas Xitoy AQSh va Yevropa o‘rtasidagi savdo urushidan manfaat ko‘rayotganini ma’lum qildi.
"Chetdan kulib yoki kuzatib turgan tomon - bu Xitoy. U haqiqatan ham AQShning Yevropa bilan olib borayotgan savdo urushidan foydalanmoqda," - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI o‘z manfaatlarini himoya qilishga tayyor, biroq inflyasiya o‘sishining oldini olish uchun bosiqlikka chaqirmoqda.
Kallas ta’kidlashicha, YEI sovuqqonlikni saqlab qolmoqda, ammo zarurat tug‘ilganda javob choralarini ko‘rishga ham tayyor.
Shu bilan birga, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Mao Ning savdo va texnologik urushlarda g‘oliblar bo‘lmasligini ta’kidlab, Xitoyni muammoga aylantirib qo‘ymaslikka da’vat etdi.