Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Hududlarda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Hududlarda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyo‘l shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.U. fuqaro X.M.ga 4 500 AQSh dollarini 58,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir jarayonida 4 700 AQSh dollari,11 mln so‘m va 20 turk lirasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Izboskan va Yangiqo‘rg‘on tumani hamda Qarshi shahri bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu hududlarda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan fuqarolar N.O. 4 500 AQSh dollarini 58,9 mln so‘mga sotgan vaqtida, fuqaro J.U. 3 400 AQSh dollarini 44,2 mln so‘mga sotgan vaqtida fuqaro B.A. 3 700 AQSh dollarini 48,2 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:25 30.01.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!