Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Hududlarda tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda

Hududlarda tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F.N.” MCHJ mas’ul shaxslari parrandachilikka ixtisoslashgan binoning elektr hisoblagich muhrini o‘zboshimchalik bilan nosoz holatga keltirib, 766,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Paxtachi tuman bo‘limi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.G. va boshqalar “Mojar” MFYdagi xonadonning elektr hisoblagichini 3 fazali elektr hisoblagichga almashtirib, 12 ta to‘plamdagi mayning krito-aktivlari qurilmalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 209,2 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “C.I.” MCHJ rahbari I.I. va boshqalar MCHJ tomonidan 19-mavzeda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosini umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 319,5 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, "P.e." MCHJ rahbari Q.M. “Chinobod” MFYdagi qurilish ta’mirlash binosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 134,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga jami 517 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:07 29.03.2023. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!