Mutaxassislar fikricha, agar «Yandeks»ning yana bitta data markazi ishdan chiqsa, kompaniya o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatishi mumkin. Chunki bunday holatda uning xizmatlari ishlashini ta’minlash imkoniyati qolmaydi.
«Yandeks» kompaniyasining ma’lumotlar markazlariga uyushtirilgan hujumlardan so‘ng «Yandeks Pey» tizimida yuzaga kelgan nosozliklar ko‘plab rossiyaliklarni o‘z mablag‘laridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qildi. Ayrim foydalanuvchilar barcha jamg‘armalarini «Yandeks Pey»da saqlagan. Biroq bir necha kundan buyon pullarini yechib ololmayotgani sababli ular jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Ayrim fuqarolar hatto oziq-ovqat xarid qilish uchun ham pulsiz qolgan. Eng jiddiy muammolardan biri esa boshqa banklardan olingan kreditlar va ipoteka qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yo‘qligidir.