Respublikachilar Trampning Rossiya bilan dizel yoqilg‘isi bo‘yicha kelishuviga qarshi chiqdi.
AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga dizel yoqilg‘isini yetkazib berishga ruxsat berish to‘g‘risidagi qarori hatto uning partiyadoshlari orasida ham tanqidga sabab bo‘ldi. AQSh rahbari Moskva dastlab 300 ming tonna, keyinchalik esa 4,8 million tonnagacha dizel yoqilg‘isini AQShga sotishi uchun sanksiyalarni yumshatishga rozi bo‘ldi. Bu chora Kongressga bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlar arafasida yoqilg‘i narxlarini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
Respublikachilar partiyasidan senator Jon Kennedi Rossiya dizelini sotib olishga qat’iyan qarshi chiqdi. U Vladimir Putinni «o‘z xalqi va Ukrainadagi odamlarning jallodi» deb atadi.
AQSh Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasining sobiq raisi Maykl Makkol esa neftga qarshi sanksiyalarni yumshatish Rossiyaning harbiy mashinasini moliyalashtirishga imkon berishidan ogohlantirdi.
Respublikachilar partiyasidan kongressmen Brayan Fispatrik Oq uyning Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishiga to‘sqinlik qiladigan qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berishga erishmoqchi.
Shuningdek, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni ochiq qo‘llab-quvvatlab, u «AQSh Kongressi, xalqimiz va ukrainaliklarning mutlaq qo‘llab-quvvatlashiga ega» ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Tramp Moskva bilan tuzilgan kelishuvdan norozi bo‘lgan Zelenskiyni tanqid qilib, Ukraina vaqti kelib yangi prezident topishi kerakligini aytgan edi.