Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar M.T. va F.X. o‘zlariga tegishli binolarda tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 148,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Departamentning Rishton tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.L.” MCHJ rahbari Z.M. ishlab chiqarish binosidagi isitish qozonini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 186 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Departamentning Buvayda tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “SH.Z.” fermer xo‘jaligi rahbari R.B. elektr tarmog‘iga va “S.F.” oilaviy korxonasi rahbari I.A. (muqaddam sudlangan) umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 126,1 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.