Hozirgacha Eronda harbiy harakatlar natijasida kamida 1332 nafar tinch aholi halok bo‘ldi — Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy.
Uning boshqa bayonotlari:
▪️ Eronda 13 ta tibbiyot muassasasi hujumga uchradi, 20 dan ortiq maktab zarar ko‘rdi;
▪️ AQSh va Isroil Erondagi tinch aholiga ataylab zarba bermoqda;
▪️ Eron urush va eskalasiyani istamaydi, lekin hech qachon taslim bo‘lmaydi;
▪️ Tehron tinch aholiga zarba bermaydi, harbiy bo‘lmagan nishonlarga zarba berish haqidagi xabarlarni tekshiradi;
▪️ Eron hech qachon tashqi kuchlarning mamlakat ichki ishlariga aralashishiga yo‘l qo‘ymaydi.